Get Mystery Box with random crypto!

“Arsenal”ning APLdagi asosiy raqibi — hakamlar “Arsenal” APL | FUTBOL 90 TV ⏰️

“Arsenal”ning APLdagi asosiy raqibi — hakamlar

“Arsenal” APL birinchi davrasini fenomenal o‘tkazdi va 19 o‘yinda 50 ochko to‘pladi. Londonliklar so‘nggi uchta o‘yinda 2 mag‘lubiyat va bitta durang qayd etdi.

“Brentford”ga qarshi o‘tgan so‘nggi o‘yinda (1:1) “arilar”ning yaqqol ofsayddan urilgan goli inobatga olindi. VAR buni aniqlay olmadi, keyinroq hakamlar qo‘mitasi buning uchun uzr so‘radi.

Gap shundaki, “Arsenal” joriy mavsum ochko yo‘qotgan deyarli har bir o‘yinda hakamlar xatolari muhokama qilinmoqda.

• vs “Man Yunayted” (1:3). Martinellining goli hujum vaqtida qo‘pollik ishlatilgani sabab bekor qilindi. Takroriy lavhada kontakt minimal ekani ko‘rinadi.

• vs “Nyukasl” (0:0). “Arsenal” foydasiga penalti berilmagan.

• vs “Sauthempton” (1:1). Jarima maydonida Jezusga nisbatan bir necha marta qoidaga zid harakatlar amalga oshirilgan, penalti berilmagan.

• vs “Everton” (0:1). Gabrielga ishlatilgan qoidabuzarlikdan keyin penalti berilmagan.