Get Mystery Box with random crypto!

2023-yildagi top-10 kambek! Ushbu yil biz ko'plab daxshatli | 🏟 FUTARENA

2023-yildagi top-10 kambek!

Ushbu yil biz ko'plab daxshatli kambeklarga guvoh bo'ldik. Shulardan biri kechagi "Manchester Yunayted"ning ajoyib irodali g'alabasi. Shu bilan birga yana bir qator bahslarni misol qilib keltirish mumkin.

"Arsenal"ning avvalgi mavsum mart oyida "Bornmut"ga qarshi bahsdagi irodali g'alabasi. "To'pchilar" uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq gol o'tkazib yuborish, bahsning 57-daqiqasida tablodagi hisob 0:2 ni ko'rsatayotgandi. Biroq, mezbonlar yarim soat ichida hisobni tenglashtirishni uddalashdi, 97-daqiqada esa Reyss Nelson kiritgan gol yakunda g'alabani anglatdi.

Yana bir esda qolarli bahs "Enfild"da bo'lib o'tdi. "Real" 0:2 hisobidagi mag'lubiyatni yakunda 5:2 hisobdagi g'alabaga aylantirishni uddaladi.

"Barselona" ham bo'sh kelmadi. Sentyabrda bo'lib o'tgan bahsda 10 minut ichida "Selta" foydasiga bo'lib turgan 0:2 hisobni 3:2 natijaga o'zgartira oldi.

Eng daxshatli kambek Konferensiyalar ligasida Bosniyaning "Zrinski" hamda Niderlandiyaning "AZ" jamoalari o'rtasidagi bahsda sodir bo'ldi.Birinchi bo'limdan keyin niderlandiyaliklar 0:3 hisobida mag'lub bo'lishayotgan edi. Tanaffusdan keyin "AZ" futbolchilari iroda namoyish eta olishdi va yakuniy hisob 4:3 bo'ldi.