Get Mystery Box with random crypto!

52-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganida kreditorlar h | Fuqarolik kodeksi |🇺🇿 | Фуқаролик кодекси

52-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganida kreditorlar huquqlarining kafolatlari

Yuridik shaxsni qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari shart.

Qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning kreditori shu yuridik shaxsning qarzdor bo‘lishiga olib kelgan majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni hamda zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.

@fuqarolik_kodeksi