Get Mystery Box with random crypto!

Videoga havola:https: Murojaatlar uchun bot: @fuqarolar_bo | FUQAROLAR.UZ

Videoga havola:https:



Murojaatlar uchun bot: @fuqarolar_bot

Русский текст тут

Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonovning (2018 yil 27 martdagi № 488) qarori bilan quruvchi kompaniya “TRAINING PROJECT” MChJga 21 000 kv.m.  Yashnobod tumani, S.Azimov ko'chasi 2,3 va 5-tor ko'chalari manzilidagi yer ajratib berilgan.

Bu safar kichik, arzimas narsalarga vaqt sarflamaslikka qaror qilishib, xususiy uylar va ularning aholisi bilan birga turar-joy maydonining katta qismini ajratib berib qo'ya qolishgan. Kadastr agentligining № 33 \ 11/17/2017 yil raqamli, boshqarma boshlig'i Rasulov G.Sh. tomonidan imzolangan baholash xulosasida ham huddi shu holda quyidagi matn keltirib o'tilgan:
Ushbu hududda 84 ta turar joy va 7 ta noturarjoy obyektlari mavjud. Shu bilan birga, yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari va mulkdorlaridan yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zarar miqdori: NOMA'LUM; Ko'chirilgan oilalar soni: NOMA'LUM.

Hokimning 27.03.2018 yildagi 488-son qarorida amaldagi va eʼlon qilingan qonun hujjatlariga, undan keyingi barcha qarorlarga, shu jumladan 06.10.2019 yildagi kadastr ishiga birorta ham havola keltirilmagan bo'lsada,  Asadov O.N. tomonidan inventarizator sifatida va Yashnobod tumani kadastr inspeksiyasi boshlig‘i Sultonov R.A. tomonlaridan imzolangan hujjat faqat E'LON QILINMAGAN YIG'ILIShNING bayonnomasidagi ro'yxatga olish raqamlarigagina asoslanadi xolos.

Bundan tashqari, turli instansiyalar qandaydir qilib "me'yorlarga rioya qilingan holda" qurilishga "qarshi emas" degan xulosalar beradi. Xulosalar esa o'z o'rnida "Ushbu hujjat qurilish uchun asos emas" degan shart berilgan.

Mazkur inshootning QAVATLARI SONI esa muhokama uchun alohida mavzu. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 22-dekabrdagi insolyatsiya to‘g‘risidagi xulosasida inshoot 16 qavat qilib ko‘rsatilgan (xulosa boshqarma boshlig‘i Qudratxo‘jayeva M.B. tomonidan imzolagan).

“ToshkentboshplanLITI” DUKning fidoyi qahramonlari – 2020-yil 19-mart kuni, pandemiyaning ayni boshlanishi arafasida, karantinning eng qattiq davrida, qat'iy lokdaun e'lon qilingan bir pallada ishga chiqishib, yordamga muhtoj quruvchi kompaniyasiga 2020-yil 19-martdagi #NPO-642 raqamli xulosani berish uchun ishga kirishadilar. ( Bosh direktor Adilxo'jaev B. I. imzosi bilan) To'g'ri, xulosada faqat 13 qavatgagina ruxsat berilgan ...

Aytgancha, quruvchi o'zining ro'yxatga olish arizasida "birinchi qavatda ma'muriy bino (MILAN) bo'lgan 14 qavatli turar-joy binolari" ni ko'rsatib o'tgan. Bir necha kun oldin panjara ustiga osib qo‘yilgan “inshoot pasporti”ning o‘zi esa aholiga bino “3-qavatdan 8-qavatgacha, keyin esa 11-qavatgacha” qurilishi haqida ma'lumot beradi. Xo'sh, unda qanday qilib...

Qurilish ishlari 559- va 222-sonli bolalar bog‘chalariga hamda turar-joy binolariga o'ta yaqin masofada boshlangan.

To'y Tepa mahallasi aholisi mazkur qurilishga qarshi!
“TRAINING PROJECT” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning qonuniyligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazilib, ushbu hududni mahallada istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar uchun sport va bolalar oʻyin maydonchasi sifatida ajratib berishingizni soʻraymiz!

Fuqarolar.uz