Get Mystery Box with random crypto!

Men Allohdan kuch so’ragandim, U menga bir qancha qiyinchilikl | Umr ertagi 🌿

Men Allohdan kuch so’ragandim, U menga bir qancha qiyinchiliklarni in’om etdi. Ularni yengib o’tish davomida ana shu so’ragan narsamga ega bo’lgan ekanman.
Allohdan aql so’ragandim.U meni hayot muammolariga duchor qilib, bu iltijoyimni ham amalda tasdiqlab bergan ekan.
Qilayotgan ishimga rivoj so’ragandim. Alloh esa meni ishga ko’mib tashlab, hayotimning jo’shqin o’tishini ta’minlab bergan ekan.
Men Allohdan iymon so’ragandim, Alloh iltijolarim asosida iymonimni mustahkamlayotgan ekan.
Allohdan jasorat so’ragandim. U menga musulmonlarga yordam qo’lini cho’zishdek imkonni yaratib bergan ekan.
Men Allohdan halovat so’ragandim. U menga qalb berib, iymon ila uni bezatib qo’ygan ekan.
Men Allohdan to’g’ri yo’lni so’ragan edim, U menga eng to’g’ri yo’l bo’lmish Islomni ko’rsatib qo’ygan ekan.
Men Allohdan duolarimning qabul bo’lishini so’ragan edim. U hamma iltijolarimni O’zining buyukligi bilan ta’minlab qo’ygan ekan.
Hullas, men so’ragan narsalarimga erishgan ekanman. O’ziga shukur!