Get Mystery Box with random crypto!

Kechagi kunning eng muhim xabarlari: Zinedin Zidan 'Real'dan | Uzb Legionerlar

Kechagi kunning eng muhim xabarlari:

Zinedin Zidan "Real"dan ketsa, uning o'rniga Raul murabbiy etib tayinlanadi. Zidan "Sevilya"ga qarshi bahsdan so'ng futbolchilarga ketish niyatida haqida gapirgan.

"Atalanta" kelasi mavsum chempionlar ligasida qatnashish masalasini muddatidan oldin hal etdi.

"Yuventus" "Inter"ning 20 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.

Robert Levandovski joriy mavsum Bundesligada 40-golini urib bir mavsumdagi gollar soni bo'yicha Gerd Myuller rekordini takrorladi. So'nggi turda Leva mutloq rekordchiga aylanishi mumkin.

"Man.Yunayted" Rafael Varanga jiddiy qizish bildirmoqda.

Zlatan Ibrahimovich jarohati sabab Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradi.

"Barselona" yozda 14 nafar futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor. Ular qatorida Bretueyt, Umtiti, Firpo, Koutinyo, Pyanich bor.

Harri Keyn "Tottenhem"dan ketsa, londonliklar uning o'rniga Mauro Ikardini jamoaga olib kelishga urinib ko'radi.

"Reyndjers" Shotlandiya chempioniga ayalndi. Stiven Jerrard jamoasi mavsum davomida biror bahsda yengilmadi.

"Beshiktosh" 21 karra Turkiya chempioniga aylandi. Chempionlik uchun so'nggi turga qadar 3 klub kurash olib bordi.

Tuhel: "Bizga omad yetishmadi. Yo'q joydan gol o'tkazib yubordik"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan