Get Mystery Box with random crypto!

Albatta o'qing, real hodisa Bugun ertalab og'lim yonimda | ⚽️ GOAL (TG) ✔

Albatta o'qing, real hodisa



Bugun ertalab og'lim yonimda yotib bir qimirladi, shundan uyg'onib kettim ...

Hovliga chiqsam quyosh yorishmoqchi bo'lib turibdi.

Hovli to'la odam, hamma meni ko'rsatib "ana chiqdi", " ana chiqdi" deb oldimga kelayapti ... Hayronman.

"Tinchlikmi",  "tinchlikmi" dedim ... Kuzatib tursam qo'lma-qo'l ko'tarib olib chiqib ketishayapti meni ... Keyin tushunib yettim tobut ichidaligimni ...

Tushunib yettimu, hayolimda son-sanoqsiz hayollar aylanardi ...

Nahotki tugadi hammasi, hali qancha o'qimagan qazo namozlarim bor edi, qazo ro'zalarim bor edi, Qur'onni yodlab bo'lmagandim hali, borganda nima deyman, qanday javob beraman, anavi qilgan gunohimga, bu qilgan gunohimga deb, hammasini o'ylayverdim ...

Endi hech qanday yordam qila olmasdim, na ota-onamga, na jigarlarimga, na yaqinlarimga va na farzandlarimga ...

Hamma narsa qolib ketkanini, endi hammasi tugaganini o'ylab yotkanday bo'laverdim ...

Muzday ter chiqaverardi ...
Hammasini o'ylayverardim ...
Tasavvur qilish qiyin bo'lsa kerak bu holatga tushishni, boshga tushmaguncha, tushmasin ham bunaqa holatga hech kim ...


Yaxshiyam o'g'lim bir qimirlaganakan, Allohim u orqali meni bomdom nomoziga uyg'atganini tushinib yettim va darhol turib nomozimni o'qidim, uyqiyam o'chib ketdi ko'zdan ... demak hali yuqoridagilarni hammasini qilishga ulgiraman ... imkonim bor ekan Inshaolloh, Alhamdulillah, La Ilaaha Illalloh

Sizda ham imkoniyat bor hali



@hmbuz