Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Yuridik texnikumlarga qabul boshlanishiga 6 kun qo | fslofficial

#Bilasizmi

Yuridik texnikumlarga qabul boshlanishiga 6 kun qoldi

Respublikada 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.

Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
davlat huquqiy faoliyat;
yuridik xizmat;
sud-huquqiy faoliyat.

Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta ta'lim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

O‘qishga kirish uchun abiturientlar hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-avgustidan 20-avgustgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo‘lib o‘tadi.

Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abiturientlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.

@adliyangiliklari