Get Mystery Box with random crypto!

Apple'ning marketing falsafasi Apple kompaniyasini dastlabki | Fshdream

Apple'ning marketing falsafasi

Apple kompaniyasini dastlabki yigirma yilda rivojlanishida muhim rol oʻynagan marketolog va direktorlar kengashi raisi Mayk Markkula tomonidan oʻylab topilgan ushbu qoidalar uch qismdan iborat edi:

1. Ziyraklik, xaridor hissiyotini tushunish. «Biz mijozlar ehtiyojini boshqa kompaniyalardan yaxshiroq tushunishimiz kerak».

2. Butun fikrni belgilangan maqsadga qaratish. «Oʻzimiz shugʻullanayotgan maqsadga yetishish uchun barcha ikkinchi darajali maqsadlarni miyadan chiqarib tashlash kerak».

3. Singdirish. Bu odamlarda ilk taassurot tugʻdirish orqali Kompaniya yoki mahsulot haqida fikr xosil qilishini anglatadi. «Xaridorlar haqiqatan ham kitobga uning muqovasiga karab baho beradi. Eng yuqori sifatli eng yaxshi mahsulotni, eng foydali dasturni va hokazoni yaratish mumkin, lekin agar uning taqdimoti beparvolik bilan o‘tkazilsa, unga bo‘lgan munosabat ham shunday bo‘ladi. Agar biz tovarni kreativlik bilan va professional tarzda ko‘rsatib bersak, o‘zimizga kerakli munosabatni singdiramiz»

P.s: Har qanday mahsulot yaratilarkan maʼlum bir falsafaga asoslanish kerak. Hech qanday falsafaga ega boʻlmay yaratilgan mahsulotning ommalashib ketish ehtimoli juda past boʻladi. Apple kompaniyasi hozirga darajaga chiqishiga albatta oʻz qarashlarining mavjudligi muhim rol oʻynagan.

Credit: ITbusiness_school

@thinkingmindsuz