Get Mystery Box with random crypto!

​#Ixtisoslashtirilgan_maktablar #Imtihon_2022 Prezident ta'l | Friends School

​#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Imtihon_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlarga sinflar kesimida quyidagi fanlardan imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

ANIQ FANLAR YO‘NALISHI BO‘YICHA:

5- va 6-sinflar ychun matematika, ingliz tili fanlaridan:


matematika fanidan 25 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 77.5 ball beriladi.

Ingliz tili fanidan 15 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan jami 31,5 ball beriladi.
Matematika va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 109 ball beriladi.

7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflar uchun matematika, fizika, ingliz tili fanlaridan:

matematika fanidan 20 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 62 ball beriladi.

Fizika fanidan 10 ta savoldan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 31 ball beriladi.

Ingliz tili fanidan 10 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan jami 11 ball beriladi.
Matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan jami maksimal l04 ball beriladi.

TABIIY FANLAR YO‘NALISHI BO‘YICHA:

7-sinflar uchun biologiya, ingliz tili fanlaridan:
Biologiya fanidan 25 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 77,5 ball beriladi.

Ingliz tili fanidan 15 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan jami 31,5 ball beriladi.
Biologiya va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 109 ball beriladi.

8-, 9-, 10-, 11-sinflar ychun biologiya, kimyo, ingliz tili fanlaridan:

Biologiya fanidan 15 ta, undan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 46,5 ball beriladi.

Kimyo fanidan 15 ta savol. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 46,5 ball beriladi.

Ingliz tili fanidan 10 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan jami 11 ball beriladi.
Biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 104 ball beriladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube