Get Mystery Box with random crypto!

Freemium Apps | Bepul Dasturlar | Kompyuter Dasturlari | Web Ilovalar | Windows Programmalari | Foydali Telegram Botlar

Telegram kanalining logotibi freemium_apps — Freemium Apps | Bepul Dasturlar | Kompyuter Dasturlari | Web Ilovalar | Windows Programmalari | Foydali Telegram Botlar F
Telegram kanalining logotibi freemium_apps — Freemium Apps | Bepul Dasturlar | Kompyuter Dasturlari | Web Ilovalar | Windows Programmalari | Foydali Telegram Botlar
Kanal manzili: @freemium_apps
Toifalar: Dasturlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 53
Kanalning ta’rifi

🆓 Bepul programmalarni ulashamiz:
- Kompyuter dasturlari
- Telegram botlar
- Web ilovalar.
(Kanal sotiladi: 500k sum)
💎 Bizda faqat yuqori sifatli kontent bo'ladi!
Boshqa loyihalar:
@english_gem
@money_magneet
📪 Bog'lanish uchun: @Abdulloh_ID

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-27 20:54:06 Windowsni oson o'chirish

➊ Buning uchun ish stolida yangi link yaratamiz.

➋ Uning manzilini "shutdown -s -t 0" deb ko'rsatamiz. Va o'chirish havolasi tayyor!

Endi unga bosganingizda kompyuter o'chaveradi.

Istasangiz o'sha linkning rasmini ham o'zgartirishingiz mumkin.

P.S: Agar bu postga dan 5 ta qo'ysangiz, qanday qilib oson gibernatsiya qilishni ham o'rgataman.

#lifehack
@freemium_apps
28 viewsedited  17:54
Ochish/sharhlash
2023-02-25 20:07:50 Title Normalizer - Windows (64-bit) uchun fayllar nomini toʻgʻrilab yozishga yordam beradigan dastur.

Internetdan kino yoki boshqa fayl yuklab olinganda, ko'pincha, fayllar tagchiziqlar (_), chiziqchalar (-) yoki nuqtalar (.) bilan ajratilgan bo'ladi. Bu esa fayl menejerda xunuk ko'rinadi. Bu ilova shunday hollarda fayllardagi tagchiziq, nuqta va ortiqcha probellarni yo'qotib, fayl nomini to'g'rilab beradi. Ilovada fayl menejer orqali fayllarni tanlash funksiyasi ham bor.

Dasturda fayl nomidagi probellar oʻrniga tagchiziq yoki chiziqcha qoʻyib qoʻyish funksiyasi qoʻshilgan. Bu dasturchilar uchun, masalan, Command Line (CMD) bilan ishlayotganda qoʻl keladi.

Bu versiyada ilovaga menyu satri va 3 xil mavzu qo'shilgan.

P.S: Hobbi uchun Tkinter yordamida o'zim tayyorlaganman.

@freemium_apps
31 viewsedited  17:07
Ochish/sharhlash
2023-02-25 12:35:42
Pythonda String Metodlari
#Python
@freemium_apps
28 viewsedited  09:35
Ochish/sharhlash
2023-02-24 16:54:05
Cutout Photo Enhancer - bu sun'iy intellekt yordamida rasmlar sifatini yaxshilab beradigan veb-ilova.

Internetda rasm sifatini yaxshilab beradigan veb-dasturlar ko'plab topiladi. Lekin, ularning ko'pchiligidan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tish talab qilinadi. Cutout'dan esa ro'yxatdan o'tmasdan bepul foydalanish mumkin.

Afzalliklari:
- Freemium.

@freemium_apps
28 viewsedited  13:54
Ochish/sharhlash
2023-02-21 20:57:50 ​​Python Tkinterda elementlarni joylashtirishning grid() metodi: 3-qism

Grid menejeri matritsaga o'xshab qatorlar va ustunlardan tashkil topgan. Bu menejer orqali vidjetlarni tartibga solish juda oddiy.

Eng yuqori chap burchakda satr/qator qiymati 0 va ustun qiymati 0 bo'ladi. Agar siz vidjetlarni gorizontal qatorga joylashtirmoqchi bo'lsangiz, satr qiymati bir xil bo'ladi va ustun qiymati har bir vidjet uchun 1 ga oshadi. Agar siz vidjetlarni vertikal ustunga joylashtirmoqchi bo'lsangiz, ustun qiymati bir xil bo'ladi va satr qiymati har bir vidjet uchun 1 ga oshadi.

Quyida grid() menejerining ba'zi opsiyalari keltirilgan:

row, column - vidjet joylashuvi uchun satr va ustun qiymatlari. Ikkalasi ham 0 dan boshlanadi.

rowspan, columnspan - vidjet nechta ustun yoki qatordan iborat bo‘lishini belgilaydi, ya'ni tanlangan vidjet nechta qator yoki ustunga cho'zilishini bildiradi. Bunda vidjetlar oralig‘ini to‘g‘ri belgilashda juda muhim.

padx, pady - joriy vidjet bilan boshqa vidjetlar o'rtasida joy qoldirish (padding) yaratish uchun ishlaydi. Gorizontal yoki vertikal tashqi paddingni belgilash shu ikkala opsiya orqali amalga oshiriladi. Padding qiymati piksellar sonini ko'rsatish orqali belgilanadi.

ipadx, ipady - vidjet ichida gorizontal yoki vertikal yo'nalishda ichki padding yaratish uchun ishlaydi. Padding qiymatini belgilash uchun bunda ham piksellardan foydalaniladi.

Rasm manbasi: PythonAssets

#Tkinter
@freemium_apps
31 viewsedited  17:57
Ochish/sharhlash
2023-02-20 17:45:32 SumatraPDF - bu Windows uchun elektron kitob oʻquvchi dastur.

Dastur PDF fayllardan tashqari yana e-kitoblar (epub, mobi) va komikslarni ham oʻqiy oladi.

Ammo, ilovaning bitta noqulay tomoni, baʻzi bir sozlamalarni qoʻlda toʻgʻrilashingizga toʻgʻri kelishi mumkin.

Afzalliklari:
- Bepul;
- Portable;
- Hajmi kichik.

Platforma: Windows 7 +

@freemium_apps
29 viewsedited  14:45
Ochish/sharhlash
2023-02-19 16:05:44 Google Chrome - bu Windows (64-bit) uchun brauzer.

Google Chrome minimal dizaynni murakkab texnologiyalar bilan birlashtirib, Internetni tezroq, xavfsizroq va osonroq qilish imkonini beradi.

Brauzer eng yaxshi saytlaringizning eskizlari orqali sevimli sahifalaringizga istalgan yangi tab orqali bir zumda kirish imkoniyatini taqdim etadi.

Google veb-brauzeri orqali ish stoli yorliqlari sizga sevimli veb-ilovalaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish stolingizdan ishga tushirish imkonini beradi.

Versiya: 110.0.5481.104

Platforma: Windows 7 +

Afzalliklari:
- Freeware.

@freemium_apps
29 viewsedited  13:05
Ochish/sharhlash
2023-02-17 18:34:26 ​​Python Tkinterda elementlarni joylashtirishning grid() metodi: 2-qism

Tkinterdagi grid() usuli - bu oynada jadvalga o'xshash tuzilma yaratish uchun ishlatiladigan geometriya menejeri. U oynadagi vidjetlarni ma'lum tartibda tartibga solish uchun ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, u vidjetlarning o'lchamini va joylashishini o'rnatish uchun ishlatilishi mumkin.

Gridʼdagi har bir satr va ustun indeks bilan belgilanadi. Gridʼdagi ustunlar nol, bir, ikki va hokazo indekslarga ega. To'rdagi satr va ustunlar indekslari noldan boshlanishi shart emas. Bundan tashqari, satr va ustun indekslarida bo'shliqlar bo'lishi mumkin. Misol uchun, sizda ustun indekslari 1, 2, 10, 11 va 12 bo'lgan panjara bo'lishi mumkin. Bu keyinchalik panjara o'rtasiga qo'shimcha vidjetlar qo'shishni rejalashtirganingizda foydalidir.

Qator va ustunning kesishishi katak deyiladi. Katak - bu vidjetni joylashtirishingiz mumkin bo'lgan maydon. Bitta katak faqat bitta vidjetni saqlashi mumkin. Agar siz ikkita vidjetni bir katakkaga joylashtirsangiz, ular bir-birining ustiga joylashadi.

Yopishqoq (sticky) parametri biror elementni oʻziga ajratilgan katakning qayeriga yopishib turishi kerakligini belgilash uchun ishlatilinadi.

U qutb tomonlarini, jumladan, Shimol, Janub, Sharq, G‘arb, Shimoliy-sharq, Shimoli-g‘arbni, Janubi-sharqiy va Janubi-g'arbni ifodalovchi “N”, “S”, “E”, “W”, “NE”, “NW”, “SE” va “SW” qiymatlarini olishi mumkin.

Buni quyidagi tartibda ishlatish mumkin:

element.grid(row=1, column=2, sticky="n")

Agar siz element katakni vertikal toʻldirishni istasangiz unda sticky="ns", agar gorizontal toʻldirishni xohlasangiz sticky="we" qiymatini ishlatishingiz kerak.

Agar siz element katakni butunlay qoplashini istasangiz sticky="nswe" qiymatidan foydalaning.

Sukut boʻyicha element katakning markazida joylashadi.

#Tkinter
@freemium_apps
33 viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash
2023-02-16 13:20:02
SnapEdit - bu rasmdagi obyektlar yoki odamlarni o'chirib yuborishga yordam beradigan web-ilovadir.

Uning asosiy xususiyatlaridan biri bu rasmdan o'chirib yuborilishi kerak bo'lgan odamni sun'iy intellekt yordamida aniqlaydi, ya'ni siz bu ishni qo'lda qilishingiz shart emas.

Afzalliklari:
- Bepul.

@freemium_apps
30 views10:20
Ochish/sharhlash