Get Mystery Box with random crypto!

Rezyume joylash bo'yicha maslahatlar Bilasiz oramizda introve | Freelance UZB | Vakansiya | Rezyume

Rezyume joylash bo'yicha maslahatlar

Bilasiz oramizda introvert ya'ni biroz tortinadigan odamlar ko'proq, siz joylagan rezyumeni ko'rib, ishlaringiz unga ma'qul kelsada, xizmat narxiga "kelishilgan holda" deb yozilgan bo'lsa, balki qimmatroqdir, yozsam-u, lekin narxi ma'qul bo'lmasa uyalib qolmasmikinman deb o'ylanib qoladiganlar ham ko'p.

Shu sababdan ochiqcha siyosat yuritishni maslahat beramiz. Ayniqsa narxlarga kelganida. Narxga biron narx oralig'ini yozish ham bu turdagi odamlarning sizga yozishlarini kamaytirishi mumkin, shu sababdan narx qismini batafsilroq yozishga harakat qiling.

Ko'proq maoshga ega bo'lishni hammamiz ham xohlaymiz. Lekin o'zimizning ishimiz va tajribamizdan kelib chiqqan holda narxni belgilay olish ham bir san'atdir.

Narxlarni yozib chiqing, kataloglar tuzing (PowerPoint da chiroyli qilib tuzib keyin pdf qilib saqlab olsangiz ham bo'ladi). Muhimi sababni va harakatni to'g'ri qila olish, qolgani nasibaga yarasha bo'ladi.

Kanalimizning sizga foydasi tegadigan bo'lsa, biz bundan hamisha mamnunmiz!

@freelance_uzb bilan frilanserlik endi bir qadam!

Kanalda e'lon joylashtirish uchun: @freelance_uzb_admin