Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilini oʻrganishdagi eng katta xato bu - natijani kutib h | DG | Blog

Chet tilini oʻrganishdagi eng katta xato bu - natijani kutib harakatlanish.

Ya'ni insonlar til oʻrganishni boshlaganlariga hali ikki oy boʻlmasidan turib, yangi tilni o'rganish qiyin deb nolishni boshlashadi.

Buning oqibatida zerikish, tushkunlik, ishtiyoqsizlik kelib chiqadi va oʻquvchi oʻrganish jarayonini tashlab qoʻyadi.

Bir narsani tushuning! Til oʻrganish bu koʻnikmali jarayon va u orqali natijaga erishishingiz uchun uzoq vaqt davomida natijani kutmasdan harakatlanishingiz lozim.

Ya'ni natija uchun emas harakat uchun harakat qilishni maqsad qilib olsangiz, kuni kelib kutgan natijangizga erishasiz.

Misol uchun, siz IELTS imtihonidan 7 ball olmoqchisiz va bu oʻrtacha bir yarim yil muntazam ravishda shugʻullanishni talab qiladi.

Bir yarim yil natijani koʻrmasdan harakat qilish inson uchun mushkul vazifa!

Agar siz oʻz maqsadingizni "har kuni ikki soat ingliz tili bilan shugʻullanish" deb qoʻysangiz...

Siz har kuni natijani koʻzingiz bilan koʻrasiz, har kuni masadingizga erishasiz.

Bir yarim yil shu tarzda muntazam shugʻullanish esa sizni kattaroq maqsadingiz boʻlgan, IELTS imtihonidan yuqori ballni qo'lga kiritishgacha olib boradi.

Demak, siz maqsadingiz uchun harakat qilish o'rniga, harakatlarni o'zini maqsadga aylantirib, shu harakatlar uchun harakat qilishni oʻrganishingiz zarur.

Bu orqali siz maqsadingiz yo'lida oxirigacha bora olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Masterklass boshlanishiga 2 kun qoldi.

Tayyorlaning!

Ha aytgancha, siz materklassga nima uchun qo’shildingiz?