Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentni yomon korsammikin?... Bilamizki hamma joyni oʻz mu | Foydasiz fikrlar

Toshkentni yomon korsammikin?...

Bilamizki hamma joyni oʻz muammolari bor va ularga har xil yechim berish imkoni ham bor. Tanlov oʻzimizda...

Nega?
Nega doim odamlar noliydi?
Nega hech kim muammolarimizga yechim bor ekanini koʻrsatmaydi?
Nega bloggerlarning koʻp qismi shunchaki muammoni aytadi ammo hech biri yechim berib keyin misollari bilan koʻrsatib bermaydi(toʻgʻri ayrimlari bor lekin ular juda oz. Odatda koʻp odamlarni qoʻrqitishdan oʻtmaydigan bloggerlar juda koʻp)?

Aslida doim aytilganidek muammo bor joyda yechim ham boʻladi.

Lekin keskin choralar qoʻllash orqali odamlarni shunchaki qiyin ahvolga qoʻyganimiz qoladi xolos.

Misol uchun biror shaharda tiqilinch yuzaga kelyaptimi? Demak transport tizimida muammo bor. Bunga yechim xususiy avtomobillarni shahardan chiqarish deb qarasak yanglishamiz.
Chunki bir shaharda qanchadan qancha oilalar taksi ortidan yoki avtomobillarga texnik xizmat ortidan qanchalari oilasini boqadi. Agar shaharda avtomobil boʻlmasa ularni oilasi shunchaki nonsiz qolib ketgan boʻlar edi.

Xulosa qilsam, hamma yechim oʻzimizda, yaqin masofalarga piyoda yurishni oʻrganishimiz yoki shahar boshqaruviga oʻz imkonimizga yordam berishimiz kerak.

Boshqa tomon ham bor.