Get Mystery Box with random crypto!

Juda ham dangasalik ichidamiz. Aslida yangi tilni asosini oʻrg | Foydasiz fikrlar

Juda ham dangasalik ichidamiz. Aslida yangi tilni asosini oʻrganib boʻlgach uni davomini oʻrganish uchun ustoz unchalik katta roʻl oʻynamaydi. Shunchaki oldingizda u tilni biladigan odam boʻlsa osonroq oʻrganasiz.

Agar bolmasa hechqisi yoʻq oʻzingiz uchun chiroyli atmosfera qilish bilan bu muammoni hal qilsa boʻladi.
Misollar bilan tushuntirsam doʻstim ingliz tilini video oʻyinlar bilan oʻrgangan edi. Men kinolar bilan...

Muhimi oʻzingizga eng qulay narsani boshlang ammo faqat osha narsa bilan tugatib qoʻymang.

Kitob oʻqiyapsizmi uni audiosini topishni harakatini qiling (asosan ingliz tilida boʻlgan kitoblar uchun kanal ochib qoʻyganman agar kerak boʻlsa boshqa kitoblarni ham topib beraman nasib). Muhimi harakatdan toʻxtamaslik. Davom etish kerak! Davom eta olish kerak!


Maqsadlar tugab qolishini oʻylab koʻrganmisiz?