Get Mystery Box with random crypto!

3-QISM Investitsiya olamida 'Bitcoin otasi' nomi bilan mashhu | Foydali kontentlar

3-QISM

Investitsiya olamida "Bitcoin otasi" nomi bilan mashhur investor Tim Dreyper IMAN kompaniyasiga o'zining kripto-kartasi orqali investitsiya qildi. Bu investitsiya miqdor jihatidan oz (aniqrog'i 0.0001 bitkoin) bo'lsa-da, investorda kompaniyamizga nisbatan qiziqishning borligining o'zi biz uchun yoqimli

Tim Dreyper — Ilon Maskka va uning elektr mashinalari kelajagiga hech kim ishonmagan vaziyatda ishonch bildirgan yirik investorlardan

Tim Dreyper va Ilon Mask bilan qiziqlarli voqea bo'lib o'tgan. Ilon yaratgan mashinaga Tim va boshqa investorlar o'tirishadi. Mashina 6 km/soat tezlikda (golf mashinasi kabi) harakatlanadi va belgilangan manzilgacha yetib bora olmaydi. Lekin, Ilon maskdagi o'zining loyihasi va jamoasiga bo'lgan ishonchni ko'rgan investorlar ikkilanmasdan Tesla'ga investitsiya qilishdi

Tim Dreyper bilan bo'lib o'tgan uchrashuv biz uchun qimmatli tajriba va unutilmas taassurot berdi. Tim Dreyper biz investitsiya qabul qilishni rejalashtirgan investorlar ro'yxatidagi birinchi yoki oxirgi venchur investor emas. U kabi yirik investorlarimiz va bizni har qadamda qo'llab-quvvatlaydigan hamjamiyatimiz a'zolari ko'payib borishidan umidimiz katta

IZOHLAR I КОММЕНТАРИИ

Instagram Facebook YouTube