Get Mystery Box with random crypto!

#osmondagi_bolalar 3 kun oldin Osmondagi Bolalar youtube kana | Foydali YouTube

#osmondagi_bolalar

3 kun oldin Osmondagi Bolalar youtube kanalida Saidbek Arislonov bilan boʻlgan suhbatni koʻrib qoldim. Ushbu suhbatdan oʻzim uchun bir-ikkita insaytlarni(insight) olgandim. Sizlarga ham foydali bo'lsa kerak deb ulashmoqchi edim. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

Dasturlash bu sabrlilar uchun;
Soʻrashdan hech qachon uyalmaslik kerak;
Xatolarni koʻrib ular ustida astoydil ishlash lozim;
Biz ilmli va ziyoli insonlarga havas qilishimiz kerak;
Maqsadni katta qoʻyishimiz va harakatdan toʻxtamasligimiz kerak;
Intervyularda sizning 50% bilimingizga va 50% muomalangizga qarashadi;
Hamma narsa oʻquvchining oʻziga bogʻliq. Oʻqituvchiga yoki markazga emas balki faqat va faqat oʻziga bogʻliq;
Oʻsmoqchimisiz unda oʻzingizdan bilimi yuqoriroq odamlar bilan birga yuring;
Muvaffaqiyat omillaridan eng kattasi bu atrof muhit. Shuning uchun atrofingizga bir nazar solib qoʻying;
Dinda ham dunyoda ham eng birinchi boʻlishga harakat qilishimiz kerak.

@shahzodrahimov_blog