Get Mystery Box with random crypto!

Baqara surasi – Ey doʻxtirlar ojiz qolayotgan bemor, Baqara | Foydali.Uz

Baqara surasi

– Ey doʻxtirlar ojiz qolayotgan bemor, Baqara surasini oʻqishni yoʻlga qoʻy!

- Ey tugʻmayotgan bepusht ayol, Baqara surasini oʻqishni yoʻlga qoʻy!

– Ey oila qurishi kechikayotgan singlim, Baqara surasini oʻqishni yoʻlga qoʻy!

– Ey sehrlangan, jin chalgan kimsa, Baqara surasini oʻqishni yoʻlga qoʻy!

– Ey kambagʻalligi yoki xotin tanlash qiyin boʻlishi sabab nikohi kechikayotgan yigit, Baqara surasini oʻqishni yoʻlga qoʻy!

– Ey hojatmand kishi, Baqara surasini oʻqishni yoʻlga qoʻy!

Baqara surasini boshidan oxiriga oʻqish uchun 60 daqiqa vaqt ketadi xolos. Ragʻbat qilgan narsangni amalga oshirish uchun har kuni atiga bir soat Alloh uchun vaqt sarflaysan.

Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Baqara surasini oʻqib yurish baraka, uni tark qilish xasratdir. Dangasalar (yoki sehr bilan shugʻullanuvchilar) uni oʻqishga imkonlari yoʻqdir”, deb aytganlar.

Imom Muslim rivoyati.

@Foydali_Uz