Get Mystery Box with random crypto!

Tuz haqi... Qadim zamonda bir ulug' va odil Podsho o'tgan eka | Foydali com


Tuz haqi...

Qadim zamonda bir ulug' va odil Podsho o'tgan ekan. U har bir so'zi va amalini mulohaza bilan yuritar, o'z xalqiga sodiq ekan.
Kunlardan bir kun tong saharda podshoga g'aznaga o'g'ri tushganini xabar qilishibdi. U vazirlari bilan voqea sodir bo'lgan joyga yetib boribdi. Xazinaga lahm kavlangan, hamma oltin va qimmatbaho buyumlar qop hamda xaltalarga joylangan, lekin hech narsa o'g'irlanmagan ekan. Podshoh hayron bo'lib xazinani taftish qildiribdi. Haqiqatdan ham hech narsa yo'qolmagan edi. Podshoh lol bo'lib debdi
"Nahot shuncha kun lahm kavlab g'aznaga yetib kelgan inson hech narsa olmasa? Buning boisi ne?" Bu muammoga hamma hayron. Shunda shoh jar chaqirtirib debdi. "Kim shu ishni qilgan bo'lsa gunohidan o'tdim faqat hech narsa o'g'irlamaganining sababini aytib bersa bas"
Oradan uch kun o'tib Podshoh huzuriga bir yigit kelibdi. Uning odobi va yuzidagi qat'iylik podshohga xush kelibdi. Yigitning hojatini so'raganida u debdi:
- Podshohim avvalo men gunohkorni bir qoshiq qonimdan keching. Sizning g'aznangizga o'g'irlikka kirgan menman. Chunki muhtojlik meni shunga majbur qildi. Asli o'g'ri emasman, kasbim savdogarlik. Bor mol-mulkimni qaroqchilarga oldirib kambag'al bo'lib qoldim. Musofirman, savdogarlikdan boshqa kasbim yo'q. Sarmoyam qolmaganligi sababli savdo sotiq ishlari bilan shug'ullanolmayman. O'ylab o'ylab xazinangizga og'irlikka tushishga jazm qilib, bir necha kun lahm kavlab u yerga kirdim. Bor boyligingizni qop va xaltalarga joyladim. Qarasam yerda bir oq narsa turibdi, nima ekan deb hidlab va yalab ko'rdim. Bilsam tuz ekan, shunda otam nasixati esimga tushdi. "Tuz ichgan joyingga hiyonat qilma— xarob bo'lasan" Men shucha lahm kavlab qilgan harakatimdan kechib g'aznadan chiqib ketdim.
Podshoh sukut saqlab so'ngra debdi:
— Eshiting ey Vazir va Nozirlarim. Shu yigit bir yalam tuz uchun menga shuncha sodiq ekan, bugunda e'tiboran shu bola menga o'g'il va merosxo'r, mendan keyin taxt vorisi ham shudir. Chunki necha yillar tuzim va shoxona dasturxonim mehmonlari menga qanchalar hiyonat qildilar, ular hech qachon shu yigitchalik vafodor bo'la olmaydilar. Ey noiblarim! Shu yigitdan o'rnak oling oxiri bahayr bo'lg'ay...

@foydali_maslahatl_ar_1