Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 'naushnik', ertaga quloq apparati... Naushnik (ozbekcha | Foydali Maslahat - Layfxak | lifehack

Bugun "naushnik", ertaga quloq apparati...

Naushnik (ozbekchasiga - quloqchin) – juda qulay narsa. Biroq yoshlikdan naushnik bilan oshno bolganlarda 30 yoshga kelib, eshitish otkirligi xuddi 60 yosh odamnikidek bolib qoladi.

Eshitish ham pasayar borgan sari...

Musiqani baland ovozda qanchalik uzoq eshitsangiz – eshitish yomonlashadi. Eshitish yomonlashgani sari ovoz balandligini yana ham kotarishga togri keladi. Shunday qilib eshitishi borgan sari pasayib ketaveradi. Albatta, vaqt otishi bilan odamning eshitish otkirligi tiklanadi. Lekin buning uchun malum muddatgacha naushnikdan foydalanmaslik kerak.

Tovush qanchalik baland bolsa, uning eshtishga tasiri shunchalik kuchli boladi. Odam uchun bezarar bolgan tovush darajasi 60 Db gacha. Misol uchun tinch xonada otirganda odam 3 db gacha bolgan tovushlarni eshitadi. Shovqinsiz xonada suhbatlashganda tovush balandligi 40 Dbgacha kotariladi. Bundan baland tovushlar sizga zararli tasir korsatadi. Kochadagi shovqin 70 Db ga, metro shovqini 80 Db ga, uchib ketayotgan samolyot shovqini 120 Db ga teng.

Naushniklardagi shovqin esa 110 Db ga teng. Ularni kun davomida taqib yurmang. Sababi, keyinchalik sizga eshitish apparati kerak bolib qolishi mumkin.

Xavfsizlik qoidalari:

1. Musiqani eshitishda maksimal tovush balandligining 60% dan foydalaning.

2. Agar yoningizdagi odam siz eshitayotgan musiqani ilgay olsa, demak, siz meyordan kora, balandroq tovushda musiqa eshitmoqdasiz. Tovush balandligini pasaytiring.

3. Naushnik taqqaningizda, atrofdagilarning ovozi butunlay eshitilmay qolyaptimi? Demak, bu holatda ham siz meyorni oshirib yuboryapsiz.

4. Sifatli naushnik sotib oling.

5. Kochada, ayniqsa mashinalar qatnaydigan yollarni kesib otayotganda, naushnikni echib qo`ying. Bu sizning xavfsizligingiz uchun juda muhimdir.

6. Naushniklardan bir kunda 1 soatdan ortiqroq foydalanmang.