Get Mystery Box with random crypto!

Bolalarda tirnoq tishlash odatini davolash mumkinmi? Tirnoq | Foydali Layfxaklar

Bolalarda tirnoq tishlash odatini davolash mumkinmi?

Tirnoq va uning atrofini tishlash holati onixofagiya deb ataladi. Bu odat koʻproq psixologik holatlar bilan bogʻliq boʻladi va stress, tashvish yoki qattiq tushkunlik paytida kuzatiladi. Buning sababini chuqur kuzatuv orqali aniqlash mumkin.

Agar bola koʻpchilikning oldiga chiqishdan avval tirnoqlarini tishlay boshlasa, buning sababi odamlarga nisbatan biroz qoʻrquv boʻlishi mumkin. Bu holat oilaga yangi chaqaloqning kelishi natijasida eʼtiborning kamayishi sababli ham kuzatiladi.

Bolalar asosan avtomatik tarzda, oʻzining xatti-harakatidan bexabar bu ishni amalga oshiradi. Bolalarni ushbu odatdan tanbeh berib qaytarib boʻlmaydi. Bu odatni bartaraf etish uchun qoʻllarni oʻyinchoqlar bilan band qilish lozim. Hammasidan ham foydalisi - ota-ona mehri va eʼtiboridir

Manba: Pediatriya_24

Biz bilan hammasi juda oson

https://t.me/+vjpjc6_BfsVjNWNi