Get Mystery Box with random crypto!

#kirish #Iymon 1-bob Islom 'Agar Alloh Taolo Muhammad alayhi | Foydali Izoh

#kirish
#Iymon

1-bob Islom

"Agar Alloh Taolo Muhammad alayhissalomga ham xuddi avvalgi payg'ambarlarga yuborgani kabi vahiy yuborgan bo'lsa,nima uchun dinlar har xil bo'lib qolgan?

Alloh Taolo barcha payg'ambarlarni tavhidga* da'vat qilish uchun yuborgan. Tavhiddan boshqa narsa esa dinga yotdir.

Shundan kelib chiqadiki, din aslida bir narsa, lekin diniy ish yurituvchilar o'z maqsadlarini amalga oshirish, boylik, mansab ilinjida dinlarga o'zgartirish kiritganlar.

Qur'on nuqtayi nazarida dinlarning Asli bir bo'lib, shariatlar turlidir, chunki bunda kishilarning ijtimoiy, aqliy va boshqa holatlari e'tiborga olingandir"*


Siz dinlarning nima uchun turlicha ekanligi haqida o'ylab ko'rganmisiz?

Islomgacha bo'lgan barcha dinlarning asosiy maqsadi Alloh Taologa tavhid qilish hisoblangan. Lekin insonlar dinlarning asl mazmunini anglashmagan.

Islom dinida ham turli xil shariatlar mavjud bo'lib, ularning yuzaga kelishiga asosiy sabab xalqlarning ijtimoiy, aqliy holatlarining turlicha ekanligidir.

*Tavhid - yagona Allohga e'tiqod qilish

Iymon - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

8-9-10 betlar

https://t.me/foydali_izoh