Get Mystery Box with random crypto!

​BURGUTLAR haqida qiziqarli faktlar... — Burgut dunyoda jasur | Foydali faktTG | Rasmiy kanal

BURGUTLAR haqida qiziqarli faktlar...

— Burgut dunyoda jasurlik, mardlik ramzi sifatida qadrlanadi.

— Burgutning tanasi juda baquvvat, qanotlari keng. Qanot yoyganda, ularning uzunligi 2, 5 metrga teng bo'ladi.

— Burgutning erkagi urg'ochisiga tuxum bosishda yaqindan yordam beradi.

— Burgut 7-8 kilometr balandlikda bemalol parvoz qiladi.

— Burgut inini maksimal balandlikda quradi. Inni har yili kengaytira boradi.

— Burgutning ko'rish imkoniyatlari odamlarnikidan besh-olti hissa yuqori bo'ladi.

— U parvoz paytida ham hajmi o'zidan katta bo'lmagan qushlardan o'ljasini tortib ola biladi.

— Agar burgut oilasida ikki burgutcha dunyoga kelsa, kuchlirog'i zaifini o'ldirishga harakat qilib ko'radi. Zaifrog'i so'z bermasa, bu olishuvlardan omon chiqa olsa, ular keyinchalik bir umr ahillikda umr kechirishadi.

— Burgut inida burgutchalar dunyoga kelsa, erkagi ovqat topib kelish, urg'ochisi esa bolalarining qornini to'ydirish va ular xavfsizligini ta'minlash bilan band bo'ladi.

— Parvoz paytida burgutning harakatlanish tezligi soatiga 200 km ga yetadi. Basharti o'lja ketidan quvlasa, soatiga 320 km tezlikda uchadi.

— Burgutlar juda sadoqatli qush. Urg'ochi va erkagi bir-biriga hech qachon xiyonat qilmaydi. Yevropa ornitologlari 35 yildan beri birga umr kechirgan burgutlar juftligini bunga yaqqol misol sifatida keltirishgan.

@Foydali_faktTG