Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiyot hodimlari uchun to'liq moliyalashtiriladigan dastur | 4PREP Academy

Tibbiyot hodimlari uchun to'liq moliyalashtiriladigan dastur

Fulbright Foreign Student Program dasturi – bakalavrni tamomlagan yosh mutaxassislar uchun AQShda 2 yillik magistratura bosqichida oʻqish imkoniyatini beradi. Dasturga talabalar butun dunyo boʻylab qabul qilinadi.

Dasturda nomzodlar tibbiyotning davolash yoʻnalishidan boshqa barcha yoʻnalishlar boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish uchun ishtirok eta oladilar. Tibbiyot sohasida bakalavr darajasiga ega boʻlgan nomzodlar kimyo, biologiya, sogʻliqni saqlash yoki kasalxona boshqaruvi yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichini davom ettirish uchun ariza topshirishlari mumkin boʻladi.

Nomzodlar akademik va ijtimoiy jihatdan faol bo'lish bilan birga 2 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi ham zarur.

Agar siz dastur grantini yutib olsangiz, viza olishdan to yashashingizgacha bo'lgan barcha jarayon to'liq moliyalashtiriladi.

Ushbu dastur haqida batafsil bilish uchun:

https://uz.usembassy.gov/education-culture/exchange-programs/fulbright-foreign-student-program/

Telegram | Instagram