Get Mystery Box with random crypto!

Startap g’oyangiz bo’yicha beriladigan savollar: 1. Siz (foun | Founder

Startap g’oyangiz bo’yicha beriladigan savollar:

1. Siz (founder, jamoa) bu g’oya ustida ishlash uchun mosmisiz?

2. Bu go’ya uchun bugungi kunda bozor qanchalik katta ?

3. Bu g’oya bir necha yil ichida qanchalik katta bo’lishi mumkin ?

4. Sizning yechimingiz qanday muammoni hal qiladi deb o’ylaysiz? Bu muammo bilan tanishmisiz? Bu haqiqatan ham muammo ekanligiga ishonchingiz komilmi? Sizning foydalanuvchilaringiz uchun muammo qanchalik keskin va tez-tez uchraydi?

5. Bozorda kuchli raqobat bormi? Agar shunday bo’lsa, ularni qanay yengasiz?

6. Bu siz shaxsan xohlagan narsami?

7. Agar yo'q bo'lsa, siz ushbu produktni xohlaydigan foydalanuvchilarni shaxsan bilasizmi?

8. Bu g’oyani amalga oshishi uchun yaqinda imkon (texnologik) paydo bo’ldimi yoki yaqinda paydo bo’lgan muammomi?

9. Agar yo'q bo'lsa, nega buni oldin hech kim hal qilmagan?

10. Siz yechim bermoqchi bo’lgan muammoga yirik va muvaffaqiyatli kompaniyalar yechim berishadimi?

11. Bu shaxsan sizni qiziqtiradigan muammomi? Siz uzoq vaqt ishlashga tayyor bo'lgan produktmi?

12. Sizning yechimingiz/produktingiz katta masshtabga ega bo’lishi mumkinmi? Yoki konsalting biznes bo’lib qoladimi?

13. Sizning g’oyangiz yaxshi go’yalar sirasiga kiradimi?

14. Bu g’oyaga qanday keldingiz? Muammodan boshladingizmi yoki yechimdan?

15. Bu g’oya haqida sizda boshqalar ko’ra olmaydigan yangi insaytlar bormi?

16. Sizning produktingiz o'rniga hozir mijozlar nima alternativalar ishlatishadi? Nima uchun odamlar sizning mahsulotingizga o'tishi kerak? Ularni hozirgi yechimdan sizning yechimingizga o’tishga majbur qilish qanchalik qiyin bo'ladi?

17. Bu yechim/g’oya orqali qanday pul ishlaysiz?

18. Agar bu “jo’ja va tuxum” muammosi bo'lgan biznes turi bo'lsa (ya'ni, marketpleys, ijtimoiy tarmoq), uni qanday hal qilasiz?


original: https://docs.google.com/document/d/1sjrHswZvqHS0ydXRQHmvLCVJzYYyGtYjty6OdQpzupA/edit#

@founderdotio