Get Mystery Box with random crypto!

Sakiynat istayman.. O'z qalbini Allohga to'liq ishonganlarnin | 𝙵𝚘𝚝𝚒𝚖𝚊𝚖

Sakiynat istayman..
O'z qalbini Allohga to'liq ishonganlarning sakiynatini.
Alloh O'zi kifoya qiladigan, Allohdan boshqasiga muhtoj bo'lmagan kishining xotirjamligini, qayg‘u va shodliklarini yagona Allohga qaratishga o‘rgangan insonning xotirjamligini.
Mutlaq xotirjamlik va kutish..
Kutish va xotirjamlik..

Robbisiga topshirib qo'yilgan qalbga yerdagi hech narsa chuqur ta'sir qila olmaydi.
Hech qanday haqorat, zulm, adolatsizlik va dushmanliklar bu qalbga o'rnasholmaydi.

Keyin esa, bu inson O'z Robbisi tomon sayohat qiluvchi haqiqiy g'aribga aylanadi.

Bu xotirjamlik-o'zining haqiqiy uyi tomon yurib ketayotgan insonning xotirjamligidir..