Get Mystery Box with random crypto!

ERNI AYOLIGA MUHABBATLI QILISH UCHUN 3 DUO Har bir ayol eri u | 𝙵𝚘𝚝𝚒𝚖𝚊𝚖

ERNI AYOLIGA MUHABBATLI QILISH UCHUN 3 DUO

Har bir ayol eri uni yaxshi ko‘rishligini xohlaydi. Er-xotin o‘rtasida muhabbat bo‘lmasligi, oilaviy hayotni zerikarli, sovuq qilib qo‘yadi. Hayot shavqli, zavqli, quvnoq bo‘lishi uchun er va xotin o‘rtasida muhabbat zarurdir.

Erning muhabbatini qozonish uchun biror duo bormi?

Javob:
Ha, bunday duo bor.

Birinchi duo

Imom Abu Dovud, Hokim, Tabaroniy rivoyat qilgan sahih hadisda Payg‘ambar alayhissalom bu duoni Ibn Mas’ud roziyallohu anhuga o‘rgatganlar.

اللَّهُمَّ أَلَّفْ بَيْنَ قُلُوبِنَا ، وَأَصْلِحْ ذَاتَ بَيْنِنَا ، وَاهْدِنَا سُبُلَ السَّلامِ ، وَنَجِّنَا مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ ، وَجَنِّبْنَا الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا ، وَمَا بَطَنَ ، وَبَارِكْ لَنَا فِي أَسْمَاعِنَا ، وَأَبْصَارِنَا ، وَقُلُوبِنَا ، وَأَزْوَاجِنَا ، وَذُرِّيَّاتِنَا ، وَتُبْ عَلَيْنَا إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ ، وَاجْعَلْنَا شَاكِرِينَ لِنِعَمِكَ ، مُثْنِينَ بِهَا وَقَابِلِيهَا وَأَتِمَّهَا عَلَيْنَا

O‘zbekcha o‘qilishi: «Allohumma allaf bayna qulubinaa va aslih zaata bayninaa vahdinaa subulas-salaami va najjinaa minaz-zulumaati ilan-nuur, vajannabnal favaahisha maa zoharo minhaa va maa batona va baarik lanaa fiy asmaa’inaa va absoorinaa va quluubinaa va azvaajinaa va zurriyyaatinaa, vatub ’alaynaa innaka antat-tavvaabur-Rohiym, vaj’alnaa shaakiriyna lini’amika, musniyna bihaa va qoobiliyhaa va atimmahaa ’alaynaa»

Ma’nosi: Allohim qalblarimizni ulfat qil va oralarimizni isloh qil, salomatlik yo‘llariga bizlarni hidoyat qil, bizlarni zulmatlardan nurga (chiqishga) najot ber va bizlarni zohir bo‘lgan va yashiringan buzuqliklardan saqlagin va bizlarga eshitishimizda va ko‘rishimizda va qalblarimizda va juftlarimizda va farzandlarimizda barakot ber va tavbamizni qabul qil, albatta Sen tavbalarni ko‘p qabul qilguvchi o‘ta mehribonsan va bizlarni ne'matlaringa shukur qilguvchilardan va unga (ne’mating sababidan senga) sano aytadiganlardan va uni (ne’matingni) qabul qilinadiganlardan qil va uni bizga tamomiy qil.

Davomi bor

#Muhabbat #Duo