Get Mystery Box with random crypto!

Lead Magnit haqida bilasizmi? Lead Magnit - bu o'z nomi bil | Fotih School - IT maktabi

Lead Magnit haqida bilasizmi?

Lead Magnit - bu o'z nomi bilan leadlarni ya'ni potensial mijozlarni jalb qiluvchi ularni tortib oluvchi xo'rakdir.

Bu kuzatuvchi uchun foydali taklif bo'lib, ularni o'zlari haqida ma'lumotlarini qoldirishga undaydi. Hech kim o'zi haqida ma'lumotlarini ya'ni telefon raqamini yoki ismini shunchaki qoldirishni istamaydi, bu ma'lumotlarini qoldirishi uchun siz potensial mijozisga biror bir foydali taklif berishingiz kerak.

U chegirma, o'quv materiali, foydali PDF-fayl yoki kupon bo'lishi ham mumkin. Bu sizga nisbatan ishonch ortishiga xizmat qiladi.

"Siz Lead Magnit qurboni bo'lgansiz!" desam-chi? Qanday qilib deysizmi? Bunga bir nechta misol keltirish mumkin

Masalan: Siz biror bir bayram oldi albatta bozorlik qilishga borasiz, lekin barcha do'konlarda narxlar avvalgidan ko'ra qimmatroq. Vaziyatdan foydalangan holda boshqa do'konlar faqat bitta yoki ikkita mahsulotiga chegirma qiladi.

Masalan: Go'shtni 30% chegirmada sotishadi, siz uni ko'rib shubhasiz xarid qilishga oshiqasiz. Faqat go'sht olaman deb kirasiz, lekin shu do'kondan siz bozorlik qilib chiqasiz.

Ushbu ma'lumot foydali bo'lgan bo'lsa, yaqinlaringiz bilan ulashing!

"Fotih School - IT maktabi"