Get Mystery Box with random crypto!

Kontent formatlari haqida bilasizmi? Eng asosiy va ko'p ishla | Fotih School - IT maktabi

Kontent formatlari haqida bilasizmi?

Eng asosiy va ko'p ishlatiladigan 4 ta kontent formatlari quyidagilar:

Matn - sahifangizda faqat matndan iborat post chiqarishingiz mumkin, lekin "faqat matn ekan-ku bir zumda yozib tashlayman" deb fikr yuritish yaxshi emas. Matn yozishni ham o'z usullari bor.

Video - Bu formatda siz video olishingiz va kuzatuvchilaringizga ma'lumotni qo'l harakati (mimika) yordamida aniqroq yetkazib berishingiz mumkin bo'ladi. O'zingizni sohangiz bo'yicha foydali video olib kuzatuvchilaringizga taqdim etishingiz mumkin.

Rasm - Ushbu format yordamida ham ko'plab foydali kontent qilishingiz mumkin. Biror bir trenddagi mavzuni o'zingizni sohangizga yo'naltirib rasm sifatida post qilsangiz bo'ladi.

Grafik - Bu formatga rasm, slayd va biror sxemani ham misol qilib olsak bo'ladi.

Yuqorida aytib o'tilgan formatlardan qay biri qaysi ijtimoiy tarmoq (Instagram, Telegram, Tik Tok, YouTube va Facebook)ga to'g'ri keladi deb o'ylaysiz?

Fikringizni kommentariyda yozib qoldiring

"Fotih School - IT maktabi"