Get Mystery Box with random crypto!

​​X4ммаг4 Са10м! Dizayn saviyasini ko'taruvchi jamiyat bor | AnidaM H/W

​​X4ммаг4 Са10м!

Dizayn saviyasini ko'taruvchi jamiyat borligidan xabardormisiz? Yo'q bo'lsa, demak, bu maqolani oxirigacha o'qishingiz kerak!

Biz — cursor community — o'zimizni ma'lum bir ijtimoiy jamiyat deb nomladik va yuqorida aytib o'tganimiz kabi O'zbekistonda dizayn saviyasini oshirishni maqsad qilib, tarmoqlarda o'z faoliyatimizni boshladik. Ushbu kanal orqali esa sizga har bir Cursor summitida so'zlangan foydali hamda muhim ma'lumotlarni ulashib boramiz. Shu bilan birga, mahalliy dizayn aurasi o'rnini oshirishga hissa qo'shamiz.

Umumiy foydalarimiz:
• Did va saviyani oshirish;
• O'zbekistonda dizayn so'zini yanada ma'noli qilib yetkazish;
• Mamlakatni dizayn olamida yuqori o'rinlarga erishishiga sababchi bo'lish;
• Bu orqali ishsiz insonlarni moliyaviy erkinlikka chiqishlariga ko'maklashish;
• Dizayn jamiyatining o'rnini hayotda va virtual olamda ko'tarish hamda kengaytirishdir.

Ha aytgancha, cursor o'zi nima deyotgan bo'lsangiz ajabmas. So'z lotinchadan olingan bo'lib, ko'rsatuvchi, o'rgatuvchi va yetaklovchi degan ma'nolarni anglatadi.

O'rtoq dizaynerlar, qaynoq yangiliklar hali oldinda. Shunchaki, "swipe"ga shoshilmang!