Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda ikki hafta ichida yangi kartoshka narxi 2 baroba | FOOD Uzbekistan

O‘zbekistonda ikki hafta ichida yangi kartoshka narxi 2 barobardan ziyod pasaydi.

2023-yil 7-aprel holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 1,8 barobar yuqori bo‘lgan.

Narxlar monitoringiga ko‘ra, 2023-yil 7-apreldan 21-aprelga qadar yangi hosil ertagi kartoshkasining o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 16 000 dan 7 000 so‘mgacha, ya’ni, ikki hafta ichida 2 barobardan ziyod pasaygan. Bu, o‘z navbatida, tahlil etilayotgan davrda O‘zbekiston ichki bozorida ushbu mahsulot bo‘yicha taklif keskin oshganidan dalolatdir.

2023-yil 21-aprel holatiga ko‘ra, o‘tgan yilgi kartoshkaning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 25 foizga past bo‘ldi.

FoodUzbekistan.uz