Get Mystery Box with random crypto!

Merengoviy tort Videoretsept ostida like tugmasini bosib | D.Baxadirovna

Merengoviy tort

Videoretsept ostida like tugmasini bosib qo'yishni va kommentariyada o'z fikrlaringiz bilan bo'lishishni unutmang Bu biz uchun muhim

Retsept:

6 dona tuxum oqi
0,5 choyqoshiq tuz
1 bo'lak limon soki
300 gr shakar
2 oshqoshiq kukuruzniy kraxmal

Krem uchun:
120 gr tvorojniy sir
100 gr shakar
400 gr qaymoq

Tayyorlanishi:

Bismillahir Rohmanir Rohiym !

Tuxum oqi,tuz va limon suvini solib yengil ko'pirtirib olamiz

Shakarni oz ozdan solib qattiq pik holiga keltiramiz

bu orada shakarlari erib ketishi kerak

kukuruzniy kraxmalni solib aralashlitib

Listga pergament qog'oz ustiga solamiz va xohlagan shaklda joylab olamiz

150 gradus duxovkada 25-35 daqiqa davomida tepa pastki rejimda pishirib olamiz

Pishgan merenga ichi yumshoq usti esa yengil sinishi kerak

Sovitib ustiga qog'oz qo'yib orqasini o'girib olamiz

teng 3 qismga bo'lib kremlab asta sekinlik bilan o'rab olamiz

Qolgan kremlar bilan ustini bezab 3-4 soatga morozilnikka yuboramiz