Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Ayrim faoliyat turlari bo'yicha litsenziyalar 5 | Ўз.Фармацевтлари ассоциацияси

#Bilasizmi

Ayrim faoliyat turlari bo'yicha litsenziyalar 5 yil muddatga beriladi

Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi, quyidagilarni amalga oshirish uchun litsenziyalar bundan mustasno:

tibbiy faoliyat;
farmasevtika faoliyati;
mineral o'g'itlarning, o'simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bo'yicha faoliyat;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishi bilan bog'liq faoliyat;
tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasining miqdori 0,2 foizgacha bo'lgan kannabis o'simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash bilan bog'liq bo'lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati;
ko'chma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish hamda ularning xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq faoliyat;
neftni, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat;
affinaj faoliyati.

Ushbu faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalarning amal qilish muddatlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risidagi nizomlarda va ularning pasportlarida belgilanadi, lekin bu muddatlar 5 yildan kam bo'lmasligi kerak.

Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga ko'ra uzaytirilishi mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat