Get Mystery Box with random crypto!

2021-yilni yanvarida COVID yuqtirib oldim. Ko'ch-ko'ronimni of | Floridiston

2021-yilni yanvarida COVID yuqtirib oldim. Ko'ch-ko'ronimni ofisdan tez yih'ishtirib, uydan ishlashni boshladim. Bu anchadan beri qilinishi kerak bo'lgan ish — registatsiya qilib qo'yilgan-u, o'sha bosqichda tashlab qo'yilgan, "Leo Logistics" nomli transportatsiya kompaniyani ishga tushirishga yaxshi vaqt deb o'yladim, nimagadir.

Pandemiya sharoiti. Yetkazib berish tizimi ishdan chiqqan. Yuk mashinalari yetishmovchiligi boshlangan, barcha bizneslar qiyin ahvolda bo'lgan payt — transportatsiya biznesini boshlash uchun eng ideal vaqt-ku a?

Nimaga o'sha vaqt boshlanganiga hech qanday tayinli, mantiqiy sabab yo'q. Shunchaki, "qilish kerakmi, ortga tashlab nima qilaman?" degan noratsional qaror xolos.

Yanvarni bir dunyo xujjatlarni yi'g'ish, ruxsatnoma, litsenziyalar olishga sarfladim. Aslida, tajriba bo'lsa kamroq vaqt sarflanadi. Men bu ishlarni birinchi marta qilayotganim uchun nisbatan ko'proq vaqt sarfladim, shekilli. Fevralda birinchi yuk mashinasini topib, birinchi haydovchini ishga qabul qildik. 9-fevral kuni u rasmna ish boshladi va 10-fevral kuni birinchi buyurtmani amalga oshirdi.

Men uchun aynan shu kun — kompaniyaning tug'ilgan kuni. Kompaniya ro'yxatdan o'tkazilgan yokim litsenziya olingan kun emas, aynan o'zi qilishi kerak bo'lgan ishni qilishni boshlagan kuni. Bir yil davomida kompaniya biz niyat qilganimizdan ham yaxshiroq o'sdi. O'ziga shukr! Ayniqsa pandemiya sabab yuzaga kelgan hozirgi qiyin vaziyatni ham hisobga olsak, natijani yaxshi ekani ayniqsa bilinadi.

Bugungacha kompaniyaga aloqador bo'lgan har bir haydovchi, har bir hodim, har bir hamkordan minnatdorman.

Kompaniya izga tushib olguncha butun e'tibor faqat shunga qaratildi. Deyarli hech bir ijtimoiy tarmoqni, shu jumladan bu kanalni ham yuritmadim. Tizimni yo'lga qo'yib oldik va balki endi postlar qo'yib turishgayam imkon bo'lar.

Hozircha faqat tengdosh va yaqin o'rtoqlarim bilan dumaloq videoli chat ko'rinishidagi kanalda ko'rinish berib turibman. Kanalda @xushnudbek, Diyor Imomxo'jayev, Muhrim, @temurazam va Abdurahim'larning suhbati. Yengil format. Bolalar bilan har xil mavzuda gaplashib, asosan hazillashib o'tiramiz. ba'zan faol, ba'zan unchamas. Qiziq bo'lsa kuzatib borish mumkin.

Hozircha shunaqa. Leo Logistics 1 yoshda.