Get Mystery Box with random crypto!

Imtixondan yiqilgan bo'lsangiz.... Agar siz imtixondan yiqilg | ABITURIYENTLAR FIZIKASI VA MATEMATIKASI

Imtixondan yiqilgan bo'lsangiz....

Agar siz imtixondan yiqilgan bo'lsangiz, hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. Chunki yana imkoniyat bor. Hamma narsani, butun hayotdagi maqsadlarni imtixondan o'tish o'tmaslikka qarab belgilamang. Ayniqsa, hurmatli OTA-ONALAR!!! Farzandingizga yana imkoniyat bering, darrov qandaydir xulosalar chiqarmang. 1 yil ko'z ochib yumguncha yana imtixon keladi. Har qanday bilimsiz bola 1 yilda yaxshi harakat qilib, o'zi hohlagan univ yoki institutga kira oladi. Bunga 100% garant. Ayniqsa hozirgi kunda . Faqat yaxshi o'qish va Alloh taolodan duo qilib so'rash kerak. Hayotda yiqilib qayta turishni inson o'rganishi kerak. Zero, HAQIQIY IMTIXON oxiratda bo'ladi. Qolgan birorta imtixon, shaxsan men uchun ahamiyatsiz imtixon. Shuning uchun hurmatli o'qishga kira olmaganlar, taslim bolmang. KELING BIRGALIKDA TASLIM BO'LMAYMIZ !!!

Yuqoridagi gaplar motivatsion gaplar emas, shaxsan men uchun "motivatsiya" yo'q. O'zingiz harakat qilmasangiz "qandaydir" nomer 1 motivatorlar ham sizga yordam berolmaydi.

Eng yaxshi motivatsiya, turing , o'qing,  Allohdan so'rang va yana shu harakatni 1 yil davom ettiring!

Omad!!!