Get Mystery Box with random crypto!

Fizmatzakovat

Telegram kanalining logotibi fizmatzakovat — Fizmatzakovat F
Telegram kanalining logotibi fizmatzakovat — Fizmatzakovat
Kanal manzili: @fizmatzakovat
Toifalar: Dasturlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14
Kanalning ta’rifi

Termiz davlat universiteti Fizika matematika fakulteti uchun maxsus kanal!!
Murojaat uchun admin:
@Boburtm2

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-11-07 20:31:42
31 viewsJonibek, 17:31
Ochish/sharhlash
2020-10-01 04:39:07
Ayyoming muborak aziz muallim!

Moziydan yo'g'rilgan yorug' nur misol,
Jaranglagan so'zin qulog'ingga ol.
Borini baxshida etishi ma'lum
Ayyoming muborak aziz muallim!

Borliq yaralgandir asli mehringdan,
Yuksalgan dunyo ham, ustoz, ilmingdan
Ishonchingni oqlar vujudim, tanim
Ayyoming muborak aziz muallim!

Har shogirdin shodligidan quvnagan,
Erta-yu kech bilim berib tinmagan,
Xalq bolasin farzandim deb siylagan
Ayyoming muborak aziz muallim!

Sen bir oysan, yuzlarida dog'i yo'q,
Bu dunyoda bor ekansan ko'ngil to'q,
Qadring bilmaganni ko'ksin teshsin o'q
Ayyoming muborak aziz muallim!

Shoirlarni shoir qilgan sendirsan
Yurtim osmonida o'chmas shondirsan,
Nuri qutlug' mangu yongan shamdirsan,
Ayyoming muborak aziz muallim!

Sinoni ham Sino qilgan sen bo'lding
Shogirding shonidan yayrading kulding
Buyuklikda Temurlarga teng bo'lding
Ayyoming muborak aziz muallim

Bizning shonimizsan baxtimiz ustoz
Senga ta'riflar-u tahsinlardir oz
Sen borsan qalblardan ketmas iliq yoz
Ayyoming muborak aziz muallim!
105 viewsDilnoz, 01:39
Ochish/sharhlash
2020-10-01 04:39:07
USTOZIM


Bugun nega erishgan bo’lsam,
Sababchisi o’zingiz ustoz.
Ona bo’ldingiz ota bo’ldingiz,
Hammamizni birdek suydingiz.

Ming tashakkur aytsam sizga oz,
Ta’zim qilay bo’lay poyondoz.
Siz qilgan zahmatni oqlasam bir oz,
Bugun nomingizni ulug’lay ustoz.

Quyosh bo’lib nur sochdingiz,
Yo’limizni oydek yoritib.
Bugun sizning mehnatiz sabab,
O`smoqdamiz baxtdan entikib.

Tillarda jaranglar bugun bir kalom,
Har sohada bo’lar muddarisdek nom.
Ularni ulug’lab yashaymiz mudom,
Chunki muqaddasdir ustoz degan nom.
66 viewsDilnoz, 01:39
Ochish/sharhlash
2020-10-01 04:39:07 Assalomu alaykum. Ustozlar sizlar bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sharafli ishingizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Biz kabi shogirdlarni tarbiyalashda hech qachon charchamang.

Hurmat bilan Dilnoz Obloqulova
58 viewsDilnoz, 01:39
Ochish/sharhlash
2020-09-23 12:10:06
OTA.

Chõpon bõlib suruv-suruv qõy boqadi,
Bola-chaqam deya xayol-õy qiladi!
Egnida bir eski chopon, yirtiq kovush,
Tor uyida yuz kishilik tõy qiladi!

Dehqon bõlib sahroni ham bog' qiladi,
Farzandini quchib kõnglin chog' qiladi.
Ota nurab boraverar, borgan sari,
Õg'il bõlsa savlat tõkib, tog' bõladi.

Ba'zan yaxshi, ba'zan rõzg'or tangroq ekan,
Ota bag'ri bu dunyodan kengroq ekan.
Yiqilganda hech kim qolmas atrofingda,
Shu on tilga bir sõz kelar "Ota" degan...

Ilinadi og'zidagi oshini ham,
Kõrsatmaydi, kõzidagi yoshini ham,
Mingta dõsting mard kelolmas, bir otacha,
Õg'il uchun dorga tutar boshini ham.

Kulgusida kõz yoshlari berkingan zot,
Ey, Muhammad, yana qancha kerak isbot?
Men otamning rizoligin olgunimcha,
Tõg'ri yõldan adashtirma meni hayot.


Muallif: Muhammad Ibrohim
58 viewsBobur, 09:10
Ochish/sharhlash