Get Mystery Box with random crypto!

Tun bag'rin yomg'irlar quchganda sekin Qandaydir mayin kuy tar | Fizmatzakovat

Tun bag'rin yomg'irlar quchganda sekin
Qandaydir mayin kuy taralar sokin
Atrofni ajib his qoplaydi lekin
Dardimni tushunmas bu mayin yomg'ir
Telba hislar sarson bo'lib kezganda
Majnuntol sochidek xayol to'zganda
Kech kirib qushlarning kuyi tinganda
Sen ham yuragimni tinchlantir yomg'ir
Bugun hislarimni loyga qoribsan
Ancha sekinlashding demak horibsan
Xasta yuragimni kimga beribsan
Tunga sirlarimni sotibsan yomg'ir
Og'ir qadam tashlab mana kuz keldi
Singan ko'nglim sinib yana yuz bo'ldi
Yurak qurg'ur endi butkul muz bo'ldi
Muzlarni parchalab yog'ib yomg'ir
Yillar o'tgan bolaligim yoz asli
Ko'ngil ishqqa to'lib kuygan ishq fasli
Bag'rimni o'rtagan o'sha tun asli
Sokin tun qalbimga yog'ganding yomg'ir
Yuvib o'tding balanddagi tog'larni
Yashnatding-u qancha bog'-u rog'larni
Lek baribir yuvolmading dog'larni
Eski xotiralarni eslatding yomg'ir.

@ajib_oshyon