Get Mystery Box with random crypto!

2021/2022 o‘quv yilidan abiturientlar cheklanmagan tarzda ta‘l | FIZIKA LIFE

2021/2022 o‘quv yilidan abiturientlar cheklanmagan tarzda ta‘lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

O‘zА muxbiri Barno Meliqulova Davlat test markazi direktori Majid Karimov bilan suhbatlashdi. Unda test tizimiga oid yangiliklar va rejalar xususida ma‘lumot berilgan.

Jumladan, joriy yilda kirish test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlar uchun cheklanmagan miqdorda ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratish taklif etilmoqda. Bunda to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida abiturient avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta‘lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi va o‘qishga kirish imkoniyati keskin oshadi.

Аlbatta bu cheksizlikning ham ma‘lum talablari bo‘ladi. Аvvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018 yilgacha abiturientlar bor-yo‘g‘i faqat bitta ta‘lim yo‘nalishini tanlashi mumkin edi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 3 tani, 2020 yilda esa 5 tani tashkil etdi.

Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan ta‘lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat‘i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta‘lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi.

«Bu o‘zgarish ham abiturientlarning o‘qishga kirish imkoniyatini keskin oshiradi», - deydi Majid Karimov.

Interv‘yuning to‘lig‘ini quyidagi manzildan o‘qishingiz mumkin:
http://uza.uz/posts/237513

Kanalga a'zo bo'lish