Get Mystery Box with random crypto!

Shahodatnomani yoʼqotdingizmi My.gov.uz sizga yordam beradi | 🇺🇿 FIZIKA O'QITUVCHILAR KANALI <RASMIY> 🇺🇿

Shahodatnomani yoʼqotdingizmi My.gov.uz sizga yordam beradi

Endilikda my.gov.uz orqali ariza berib, turli sabablarga ko‘ra yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan shahodatnomaning dublikatini onlayn olish mumkin.

QR-kod qo‘yilgan dublikat asliga tenglashtirilgan bo‘lib, uni talabgor “Mening arizalarim” bo‘limidan mutlaqo bepul yuklab oladi.

Ta’lim tashkilotlari arxividan shahodatnoma ma’lumotlarini topish cho‘zilganda dublikatni berish yana 5 kunga uzaytiriladi.

Shahodatnoma dublikati yuklab olinganidan keyin ham tizimdan o‘chib ketmaydi. Zarurat tug‘ilganda uni qayta yuklab olish imkoniyati mavjud!

Quyidagi videoni koʼring va xizmatdan oson foydalaning