Get Mystery Box with random crypto!

Muhabbat nima? Muhabbat- ovqat yedingizmi deb berilgan savol | 🍀FiySabilillah🍀🌙🕋

Muhabbat nima?

Muhabbat- ovqat yedingizmi deb berilgan savol.

Muhabbat - issiqroq kiyin, havo sovuq, deb aytilgan buyruq.

Muhabbat- o‘zingizni ehtiyot qiling deb uyalibgina sekin aytilgan so‘z.

Muhabbat - yetib borib qo‘ng‘iroq qilib qo‘y deb aytilgan mehr.

Muhabbat- hayolida emas hayotida yashash.

Muhabbat - ming marta urishsa ham , bir ming birinchi marta yarashish, bir marta urishib ayrilib ketish emas.

Muhabbat- o‘zaro hurmat.

Muhabbat - duolarida eslash.

Muhabbat- har qanday kunida yonida bo‘lish va men har doim siz bilanman, deb aytilgan dalda.