Get Mystery Box with random crypto!

​​ODAMLAR NIMA DERKIN? Qiz talaba bo‘ldi. 'O‘qib olim bo‘lar | 🍀FiySabilillah🍀🌙🕋

​​ODAMLAR NIMA DERKIN?

Qiz talaba bo‘ldi.
"O‘qib olim bo‘larmidi", qo‘l siltadi odamlar.

Qizgina unga oshiq yigitning izhorini qabul qildi.
"Tanlaganing shumi", kuldi odamlar.

Kelinchak juftining xizmatida bo‘ldi, biror marta yuziga tik qaramadi.
"Muncha lallaymasang", dedi odamlar.

Ayol ketma ket farzandlarni dunyoga keltirdi.
"Buncha ko‘p tug‘asan", achindi odamlar.

Ayol ishga kirdi, ro‘zg‘orga qarashdi.
"Oilani unutma", aql o‘rgatdi odamlar.

Ayol hastalandi.
"Joni qirqta, o‘lmaydi", xukm qildi odamlar.

Ayol kurashdi, guldek yashnadi, ko‘zyoshini birovga ko‘rsatmadi.
"Bir balosi bor", shubhalandi odamlar.

Kampir keksaydi, hammaning rizoligini olib omonatini topshirdi.
Odamlar esa hamon gapirardi...

#𝓤𝓶𝓶𝓾_𝓖𝓾𝓵𝓼𝓾𝓶