Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT!!! Joriy yilning 25-avgustidan boshlab 10-sentyabr ku | HET

DIQQAT!!!

Joriy yilning 25-avgustidan boshlab 10-sentyabr kuniga qadar (onlayn hamda offlayn tartibda) fakultetlarda tashkil etilgan komissiya orqali talabalardan turar joyga joylashish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi!

Talabalar turar joyidan o‘rin avvalo, chin yetim, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va nogiron, boquvchisini yo‘qotgan (otasi olamdan o‘tgan yoki otasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan) talabalar, “Temir daftar”oila farzandi, “Ayollar daftari”da turuvchi ayollar farzandlari, oilada ikki yoki undan ortiq farzandi to’lov-shartnoma asosida o’quvchi talaba mavjud bo’lsa (bunda ma’lumotnanomaning asl nusxasi taqdim etiladi) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalarga ajratiladi. Bunda talabalarning yuqorida qayd etilgan barcha sabablar guvohnoma va tuman hokimiyati yoki sektor rahbarining xati hamda ma’lumotnomasi asos bo‘lib xizmat qiladi.

Talabalardan tushgan har bir ariza fakultetlardagi komissiya tomonidan sinchiklab talaba ishirokida shaffof tarzda o‘rganib chiqiladi, hujjatlarning soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, zarur hollarda joylardagi hokimlikdan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini aniqlashtirish bo‘yicha so‘rovnomalar yuboriladi.

Avvalgi yillarda talabalar turar joyida istiqomat qilgan talabalarning arizalari tegishli talabalar turar joyi mudiri va pedagog-tarbiyachining tavsiyanomasi ijobiy bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi.

TTJga ariza topshirish uchun o'zingiz tahsil olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga murojaat qiling!

TTJ olish uchun rektor nomiga ariza namunasini olish uchun bu yerga bosing