Get Mystery Box with random crypto!

Inson tinch va xotirjam boʻlaman, deb mol-dunyo yigʻadi. Umrin | Firdavs Nizomov

Inson tinch va xotirjam boʻlaman, deb mol-dunyo yigʻadi. Umrining oxirigacha oʻn marta yetadigan boylik yigʻsa ham, oʻsha xotirjamlik oʻrniga ikki katta muammoga yoʻliqadi.

1. Bu boylikni qoʻlda saqlab qolish.

2. Uni umrga oʻn bir, oʻn ikki marotaba yetadigan miqdorga olib chiqish..

Demak baribir xotirjamlik yoʻq.

Mansab va hokimiyatga chiqsam hamma maqsadga erishaman, deb hisoblaydi. Lekin uni saqlab, kengaytirish hayotini jahannamga aylantiradi.

Obroʻ-eʼtiborli boʻlsam, farogʻatda yashayman, deb umid qiladi. Lekin uni ham asrab qolish va koʻpaytirish tashvishga qoʻyadi.

Sigareta, mast qiluvchi ichimlik gʻamimni aritadi, deb oʻzini aldaydi. Ammo ularning kayfi tarqagach, gʻami ustiga bosh ogʻrigʻi ham qoʻshiladi.

Ayol va shahvatdan lazzat topaman, deb oʻylaydi. Ammo qongan shahvat va ishtaha uni qayta va takror yana bezovtalik girdobiga otadi.

Demak, inson orom va xotirjamlik manbai deb bilgan narsalarning hammasi unday emas ekan.
Bu toʻgʻridagi abadiy tavsiyani Qurʼon bir jumla bilan ifoda etgan:

“Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?” (“Raʼd surasi”, 28-oyat).
Albatta topur, ey Parvardigor!

Mubashshir Ahmad domla

@FirdavsNizomov