Get Mystery Box with random crypto!

Shu yilning aprel-may oylarida SQB mantiqiy matematika fanidan | Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

Shu yilning aprel-may oylarida SQB mantiqiy matematika fanidan olimpiada o‘tkazadi. Sovrin jamg'armasi - 100 million so'm!

Unda ishtirok etishi mumkin:
Universitet talabalari
Istalgan tijorat bank xodimlari

Olimpiada o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Saralash bosqichi onlayn, asosiy bosqichi esa oflayn o‘tkaziladi.

G‘oliblar pul mukofotlari hamda SQBda ishlashga taklifnoma oladilar.

SQB Math Olympiadning hamkorlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti;
Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi (KHISO).

SQB Math Olympiad — 2023 uchun bot orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin: @sqb_olympiadbot

Batafsil ma'lumot:
SQB rasmiy kanali: @sqbuz
SQB HR-kanali: @hr_sqb;
SQB matbuot xizmati rahbari kanali: @b_bozorov
Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi: @khiso

SQB — moliyaviy xizmatlar bozorida 100 yil!