Get Mystery Box with random crypto!

Menga zudlik bilan bank kartamdan naqd pul olishim kerak edi. | Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

Menga zudlik bilan bank kartamdan naqd pul olishim kerak edi. Buni qayerda amalga oshirishim mumkin va cheklovlar bormi?

Siz quyidagi usullar bilan bank kartadagi pullarni naqdlashtirishingiz mumkin:
Istalgan bankning kassalarida
Bankning filiallari, mini-banklari va bank xizmat ko'rsatish markazlari kassalariga o'rnatilgan to'lov terminallari orqali
Bankomatlar orqali

Muhim! Pul mablag'larini kassa yoki to'lov terminallarida, shuningdek bankomatlarda yechib olishda komissiya belgilanishi mumkin. Komissiya miqdorini har bir bank mustaqil ravishda belgilaydi

Bank kartasidan pul naqdlashtirishdagi pul miqdoriga cheklovlar yo'q. Biroq, siz bankomat orqali pul naqdlashtirayotgan bo'lsangiz, siz so'ragan miqdordagi pul mablag'i bankomatda bo'lmasligi mumkin

Bankomatlar ishlamayotgan yoki pul naqdlashtirishda muammolar yuzaga kelgan hollarda siz bankomatda ko'rsatilgan bank raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin

Shuningdek, ayrim banklarning bankomatlarida siz SMS va QR kodlar yordamida bank kartasisiz pulni naqdlashtirishingiz mumkin. Buning uchun mobil banking ilovasini yuklab olishingiz va tegishli bankomatlarda ushbu xizmatdan foydalanish kifoya

@finlituzb

Instagram | Facebook | Youtube | Tiktok | Web | Yandex Music | Spotify | Google Podcasts | Sticker | Android | IOS