Get Mystery Box with random crypto!

Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov mamlakatning eng yirik kompaniya | Moliyaviy savodxonlik | Financial literacy

Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov mamlakatning eng yirik kompaniyalarida IPO o‘tkazish rejalarini maʼlum qildi

O‘zbekistonning eng yirik korxonalaridan 30tasi 2025-yilgacha IPO o‘tkazishi rejalashtirilmoqda, deb maʼlum qildi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Toshkentdagi iqtisodiy forumda.

“Investorlarga shuni maʼlum qilmoqchimanki, biz 2023-yilgacha 10ta yirik kompaniyada, 2025-yilgacha esa O‘zbekistondagi 20ta eng yirik kompaniyada IPO o‘tkazishni rejalashtiryapmiz”, – dedi vazir.

Qayd etilishicha, eng yirik kompaniyalar, xususan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Uzbekistan Airways, “O‘zmetkombinat”, “O‘zbekneftgaz” va “O‘ztransgaz”dagi IPO‘larni Toshkentda va xorijdagi fond birjalarida (ulardan aynan qaysilari ekani ko‘rib chiqilmoqda) o‘tkazish reja qilingan.

Avvalroq Energetika vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning 49 foizgacha aksiyalari 2024-yildan kechiktirmay IPO‘da sotilishi haqida maʼlum qilgandi. Bu amalga oshsa, O‘zbekiston tarixidagi eng yirik IPO‘lardan biri bo‘ladi.

Shu bilan birga, “O‘ztransgaz” va “Hududgaztaʼminot” AJlarning ham maʼlum miqdordagi aksiyalari ochiq savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

OKMK aksiyalarini ochiq savdoga chiqarish 2023-yilga mo‘ljallangan. Buning uchun Ernst &Young xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan mustaqil tashqi audit o‘tkazib bo‘lindi. Kombinatning IPO‘ga tayyorligini baholash bilan esa KPMG shug‘ullandi.

Shu bilan birga, “O‘zmetkombinat” 2022-yilda, NKMK esa 2023-yilgacha IPO‘ga chiqishi rejalashtirilgan.

@finlituz