Get Mystery Box with random crypto!

Davlat tashqi qarz miqdori maʼlum qilindi Moliya vazirligi O‘ | Moliyaviy savodxonlik | Financial literacy

Davlat tashqi qarz miqdori maʼlum qilindi

Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasiga oid hisobotni eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-aprel holatiga davlat qarzi 23,2 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Shundan:

tashqi qarz - 21 mlrd dollar;

ichki qarz – 2,2 mlrd dollar.

14,9 mlrd. dollar qarz O‘zbekiston Respublikasi nomidan to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilingan.

Davlat tashqi qarzi YAIMga nisbatan 36,3 foizni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 73,6 mln. dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,2 foizga kamaygan.

Ichki qarz YAIMga nisbatan 3,8 foizni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 60,1 mln. dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,1 foizga kamaygan.

@finlituz