Get Mystery Box with random crypto!

​Excelni oʻrganish zarur boʻlgan eng yaxshi 10 ta kasb Bugu | Finlite Akademiyasi

​Excelni oʻrganish zarur boʻlgan eng yaxshi 10 ta kasb

Bugungi kunda, Excelni bilish, deyarli barcha sohalar uchun zarur. Bu nafaqat, maʼlumotlar bilan bogʻlangan sohalarga, balki moliya, logistika, chakana savdo va axborot texnologiyalari uchun ham tegishlidir. The Performance Solution agentligi esa, dasturni oʻrganish talab qilinadigan 10 ta eng yaxshi sohani aniqladi.

1) Sotish/sotib olish menejerlari – Excelʻda savdo dinamikasini kuzatib boradi, maʼlumotlarni tahlil qiladi va dinamikani prognoz qiladi.

2) Moliya sohasidagilar, moliyaviy tahlilchilar – Excel yordamida hisobotlarni tayyorlashadi, bozorni tadqiq qilishadi va natijalarni analiz qilishadi.

3) Bankda ishlaydiganlar – kompaniya faoliyati toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydilar, grafik modellarni vizuallashtiradilar.

4) Biznes maslahatchilar – Excel yordamida, moliyaviy modellashtirish va murakkab maʼlumotlarni tahlil qilish bilan shugʻullanishadi.

5) Buxgalterlar – Excel buxgalterlarning ajralmas doʻsti hisoblanib, ular jadvallarda buxgalteriya tizimlari bilan ishlab, operatsiyalarni avtomatlashtirishadi.

6) Marketologlar – Excel ularga bozorni, maʼlumotlarni tahlil qilish va modellarni yaratish imkonini beradi.

7) Tadbirkorlar va menejerlar – jamoaning vazifalarini rejalashtirib, uning samaradorligini oshirishadi.

8) Biznes tahlilchilar – katta hajmdagi, tartibsiz maʼlumotlarni qayta ishlashadi.

9) PR-mutaxassislar – turli manzillarda, ijtimoiy tarmoqlarda tahlillar oʻtqazishadi.

10) Maʼlumotlar bazasi administratorlari — katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlash, namunalar va hisobotlarni yaratish uchun, ularga Excel kerak.

Telegram | Instagram | Tik-Tok | Facebook | YouTube