Get Mystery Box with random crypto!

Google shifokorlarning qo‘lyozmalarini shifrlash vositasini is | Finderuz

Google shifokorlarning qo‘lyozmalarini shifrlash vositasini ishlab chiqmoqda

Kompaniya tushunarsiz qo'l yozuvini o'qib, uni raqamli matnga o'giradigan yangi vositani e'lon qildi. Qayd etilishicha, yangi funksiya hozirda qidiruv tizimiga o‘rnatilgan Google Lens’ning bir qismiga aylanadi. Kompaniya yangilik bemorlarga shifokorlar qo‘l yozuvini tushunishga yordam berishiga ishonch bildirmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun Google butun dunyo farmatsevtlari bilan hamkorlik qildi.

Hozircha bu xususiyat faqat hind tilida ishlaydi, chunki Hindistonda Google Lens foydalanuvchilari soni ko‘proq. Biroq, kompaniya tarjimon geografiyasini kengaytiradi va unga ingliz, rus va asosiy Yevropa tillarini qo'shadi.

@Finderuz — Just do it!