Get Mystery Box with random crypto!

​​ Eslatma Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so | FINANCE TEAM I Rasmiy kanali

​​ Eslatma

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 24-mart

fevral oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1-2-qismlari);

- agar fevral oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yuridik shaxslar tomonidan soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etishning hamda to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-qismi).

mart oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va YaTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

Telegram | Facebook | Instagram